+7 4872 70-61-80
+7 910 723-93-51

mon-sat: 9:00—19:00

Biznesingizning ishonchli tayanchi

Shpalera ustunlarining ishlab chiqaruvchisi

SHPALERALAR

Ko'p sonli qattiq (egiluvchi joylar) to’lqinsimon qobirg’alarga ega shpaleralar geometriyasi ham o'simlik o'sishi va hosilning pishishi davrida va hamda noqulay ob-havo sharoitida yuqori bosimlarga bardosh berishga imkon beradi.

“VinProf” shpalera ustunlarning maxsus profil konstruktsiyasi ularni ham qo'lda, ham mexanikada tuproqning barcha turlarida osonlikcha o'rnatish imkonini beradi; shu bilan, hatto chuqur bo’lmagan sathda o’rnatilganda ham yuqori darajadagi ishonchlilik ta'minlanadi.

Kompaniyamizning Yevropada ishlab chiqilgan zamonaviy uskunalari iste'molchining individual buyurtmasi asosida to’g’ridan-to’g’ri teshiklarini teshish orqali har qanday uzunlikdagi shpaleralarni ishlab chiqarish imkonini beradi.

Metalni kuchaytirilgan antikorrozion qayta ishlash shpaleralarni asl holatida kamida 30 yil davomida saqlaydi.

  1. Kompaniya haqida
  2. Texnologiyalar
  3. Afzalligi
  4. Tashakkurnomalar
  • Qator yillar davomida “VinProf” mutaxassislari shpalera ustunlarining konstruktsiyasi va materiallarini muntazam ravishda takomillashtirib, qayta ishlov berib keldilar. Ayni paytda biz g'urur bilan ta'kidlashimiz mumkinki, bizning tizimimiz Rossiya va Yevropada narx va sifat jihatidan eng muvozanatli tizimdir.

  • Shpaleralar yuqori sifatli rux bilan qoplangan po'latdan yasalgan bo'lib, ularning qalinligi 1,5-2 mm, 1-darajali rux qoplamiga ega (Z 275 g/m² yoki 20 mkm rux qoplamasining qalinligi). Ustunlar mijozning o'lchamlari asosida yasaladi.

  • O'rim-yig'imning qulayligi: to'liq mexanizatsiyalash imkoniyati mavjud.

    Oson va tez o'rnatilishi: shpaleralarni o'rnatishda maxsus jihozlar talab qilinmaydi, teshiklarni burg'ilash yoki o’yiqlarni qazish kerak emas.

    Xizmat muddati: an'anaviy ustunlarga qaraganda bir necha baravar uzoqroq.

    Mijozga yo'naltirilganlik: shpaleralarni mijozning individual o'lchamlariga muvofiq ishlab chiqarish.

Uzum uchun shpaleral

Texnologiya haqida

  • Tavsifi
  • Ustun tuzilmasi
  • Profillar turlari
  • Tuproqqa o’rnatish chizmasi
  • O’rnatish bo’yicha tavsiyalar
  • “VinProf” shpaleralar tizimi

    “VinProf” kompaniyasining assortimenti bir nechta standart o'lchamdagi shpalera ustunlarini o'z ichiga oladi. Ular turli xil uzum toklari shakllari; doimiy bog'larning buta ekinlari; issiqxonalar va to’siq (sim, to'r) uchun ustunlar uchun maxsus mo'ljallangan

    Ustunning eng muhim xususiyatlari quyidagilardir: yengil massaga (og’irlik) ega; agressiv tuproq sharoitida uzoq xizmat qilish muddati; og’ir yuk ko'tara olish qobiliyati; noqulay ob-havo sharoitlariga (shamol, yomg'ir) va mexanizatsiya uskunalarining ishlashi bilan bog'liq bosimlarga chidamlilik.

  • Uzum uchun shpaleral
  • Uzum uchun shpaleral profillarining turlari
  • Tuproqdagi uzum uchun shpaleral o'rnatish sxemalari
    • Uzunligi (mm)

      Kengligi (mm)
    • 1800

      500
    • 2000

      550
    • 2200

      600
    • 2500

      700
    • 2750

      750
    • 3000

      900
    • 4000

      1000

Assortiment

Uzum uchun shpaleral

Shpalera ustuni VP SShYa 60×40×2,0

  • Uzunligi:
    2000 mm
  • ‘a’ o’lchovi:
    60 mm
  • ‘b’ o’lchovi:
    40 mm
  • ‘t’ devori qalinligi:
    2,0 mm

Uzum uchun shpalera ustunlari GOST P 52246-2016, I-sinfga muvofiq 08ps markasiga oid konstruktsion uglerodli rux bilan qoplangan (275 g/m²) po’latdan yasaladi. Shpaleralar devorlarining qalinligi – 2.0 mm.

Qattiq qobirg’alar ustunga uzum poyasi va tokni ushlab turish uchun zarur bo'lgan mustahkamlikni ta’minlaydi. Diametri 8 mm bo'lgan perforatsiya old tomonda 100 mm qadam bilan qo'llaniladi. Simlarni tortib olish, ularning bir-biridan 100 mm masofada chiqib ketishi ehtimolini bartaraf etish uchun yon tomonlarda ushlagich-ilgaklar va teshiklar o’rin topgan. Po'latning texnik xususiyatlari hisobiga ilgaklarning mustahkamligi va moslashuvchanligi butun xizmat muddati davomida saqlab qolinadi.

VinProf shpalera ustunlarini har qanday tuproq turida o'rnatish ham qo'lda, ham qo'shimcha jihozlardan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin. Bu shpalera maxsus profil konstruktsiyasi tufayli mumkin bo’ladi, bu esa ustunlarni chuqur bo’lmagan sathda ham o'rnatishga imkon beradi.

VinProf mahsulotlari sertifikatlangan, gigiyenik xulosalarga ega va joylarda maxsus sinovlardan o'tgan.

Quyida sichqoncha yordamida barcha tekisliklarda aylantirilishi mumkin bo'lgan shpalera ustunining 3D modeli keltirilgan. Aylantirish-burash g'ildirakchasini (scroll) kattalashtirish yoki kichiklashtirish uchun qo’llang
Uzum uchun shpaleral

Shpalera ustuni VP SShK 50×40×1,5/2,0

  • Uzunligi:
    2000 mm
  • ‘a’ o’lchovi:
    50 mm
  • ‘b’ o’lchovi:
    40 mm
  • ‘t’ devori qalinligi:
    1,5; 2,0 mm

50×40 kesimiga ega shpalera ustunlari devor qalinligi 1,5 mm bo'lgan oraliq tirgaklar sifatida ishlatiladi. VP SShK modelini devor qalinligi 2 mm bo'lgan so'nggi tirgak ustunlar sifatida qo’llashga ruxsat beriladi. Ustunlar GOST P 52246-2016, I-sinfga muvofiq po'latdan yasaladi.

VP SShK 50×40 shpaleralar konstruktsiyasi mahsulotning mustahkamligini oshirish uchun old tomonda perforatsiyani, yon tomonlarda esa ushlagich-ilgaklarni hamda bo'ylama qattiq qobirg’alarning mavjudligini nazarda tutadi. Po'latning texnologik xususiyatlari butun xizmat muddati davomida simlarning egilishi va qattiqligini saqlab turadi, bu esa simlarning uzilishini nazoratda ushlash va uzilish sodir bo’lgan taqdirda ta’mirlash xarajatlarini kamaytirish imkoniyatini beradi.

VP SShK 50×40×1.5/2.0 shpalera tizimlarini ham qo'lda va hatto eng past chuqurlikda ham maxsus jihozlardan foydalangan holda o’rnatish imkoniyati mavjud.

Quyida sichqoncha yordamida barcha tekisliklarda aylantirilishi mumkin bo'lgan shpalera ustunining 3D modeli keltirilgan. Aylantirish-burash g'ildirakchasini (scroll) kattalashtirish yoki kichiklashtirish uchun qo’llang

Shpalera ustuni VP SSHO 54×30×1,5

  • Uzunligi:
    2000 mm
  • Uzunligi:
    54 mm
  • ‘b’ o’lchovi:
    30 mm
  • ‘t’ devori qalinligi:
    1,5 mm

Uzum va mevali-rezali ekinlar uchun VinProf po’latli shpalera tizimlari ekspluatatsion xususiyatlari va ob-havo sharoitidagi noturg’unliklarga chidamliligi bo'yicha temir-beton va yog'ochdan yasalgan analoglaridan afzalliklari bilan ustun turadi. Po'latli shpaleralarning asosiy afzalligi ularning og'irligi va o'rnatishda qulayligidir. Yengil ustunlar uzoq muddatli qo’llash davomida ham barqaror bo'lib qoladi va butun qatorning uyg'unligini buzmaydi.

Ushbu model uzum ustuni sifatida, bog'larda, issiqxonalarda, shuningdek sim yoki to'siq to’rlari uchun tirgak ustun sifatida qo’llaniladi. Ustunlarni ishlab chiqarishda qalinligi 2,0 mm bo'lgan rux bilan qoplangan po'lat (1-sinfli qoplama, zichligi 275 g/m2, qoplama qalinligi 18 mikron) qo’llaniladi. Old tomonda perforatsiya va yon tomonlarda simlarni yo'naltirish va mahkamlash uchun maxsus yoriqlar nazarda tutilgan.

Qatorlarni o'rnatishning muhandislik xususiyatlari va konstruktsiya afzalliklari bir gektar maydon uchun ustunlar sonini an'anaviy analoglar bilan taqqoslaganda 15-20 foizga qisqartirishga imkon beradi. Rux bilan qoplangan po'latli shpaleralar tuproqning barcha turlariga o'rnatilish uchun yaroqli. VinProf tomonidan ishlab chiqarilgan ustunlar bosimlarga nisbatan yuqori chidamlilikka ega.

Quyida sichqoncha yordamida barcha tekisliklarda aylantirilishi mumkin bo'lgan shpalera ustunining 3D modeli keltirilgan. Aylantirish-burash g'ildirakchasini (scroll) kattalashtirish yoki kichiklashtirish uchun qo’llang

Shpalera ustuni VP SSHU 46×36×1,5

  • Uzunligi:
    2000 mm
  • ‘a’ o’lchovi:
    46 mm
  • ‘b’ o’lchovi:
    36 mm
  • ‘t’ devori qalinligi:
    1,5 mm

VinProf kompaniyasidan qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtirishga mo’ljallangan ustunlar 15 ta qattiq qobirg’a, simni tortib o’tish uchun teshiklar va uni mahkamlash uchun ilgaklarga ega. 1,5 mm qalinlikdagi devor VP SShU 46×36 ning oraliq shpaleralar sifatida qo'llanilish sohasini aniqlaydi.

An'anaviy beton yoki yog'och tizimlaridan farqli o'laroq po'latli shpalera tizimlarining afzalliklari GOST P 52246-2016, 1-sinfiga muvofiq po'latning ishonchliligi, chidamliligi va texnologik xususiyatlarida o’z aksini topgan.

Ustunlarni va metal shpalera tizimlarining boshqa elementlarini o'rnatish ham maxsus uskunalar yordamida va hamda qo'lda amalga oshirilishi mumkin.

Quyida sichqoncha yordamida barcha tekisliklarda aylantirilishi mumkin bo'lgan shpalera ustunining 3D modeli keltirilgan. Aylantirish-burash g'ildirakchasini (scroll) kattalashtirish yoki kichiklashtirish uchun qo’llang

Shpalera ustuni VP SShS 40×25×1,5/2,0

  • Uzunligi:
    2000 mm
  • ‘a’ o’lchovi:
    40 mm
  • ‘b’ o’lchovi:
    25 mm
  • ‘t’ devori qalinligi:
    1,5; 2,0 mm

40×25 mm kesimli shpalera ustunlari GOST talablariga muvofiq 1-sinfli rux bilan qoplangan po'latdan yasaladi. Mahsulotlar rux qoplamasining 275 g/m2 ortib borayotgan qalinligiga ega. VP SShK 50×40 shpalera konstruktsiyasi perforatsiya va sim uchun ilgaklarni nazarda tutmaydi. Bunday ustunlar yuqori chidamlilik va uzoq xizmat ko’rsatish muddatiga ega, xususan, yog'och shpaleralarning ruxsat etilgan qo’llanish muddatidan 15 marta va beton shpaleralarnikidan esa 10 yilga ko'proqdir.

40×25×1.5/2.0 spiral kordon uchun shpalera ustunlar atrof-muhit ta'siriga chidamli: shamol, haroratdagi farqlar (-40 dan + 40ºC gacha), yog'ingarchilik. Dala sharoitida mahsulotlarning yuqori chidamliligi mevali daraxtlarning og'irligi ostida yuqori qattiqlikni namoyish etadi.

Shpalera tizimi perforatsiya qilingan ustunlar qatoridan, mahkamlovchi ankerlardan va o'simliklar novdalarini birtekisda taqsmilash uchun tirgaklar orasiga tortilgan simdan iborat.

Quyida sichqoncha yordamida barcha tekisliklarda aylantirilishi mumkin bo'lgan shpalera ustunining 3D modeli keltirilgan. Aylantirish-burash g'ildirakchasini (scroll) kattalashtirish yoki kichiklashtirish uchun qo’llang

"VinProf" MChJ

Yuridik manzil

300013, Rossiya, Tula viloyati, Tula sh., Moskovskaya ko’ch., 17-uy, 6-ofis

Tulada ishlab chiqarish manzili

Tula viloyati, Yasnogorsk sh., Zavodskaya ko’ch., 3-uy

Krimskda ishlab chiqarish manzili

Krasnodar oʻlkasi, Krimsk sh., Brigadnaya ko’ch., 3-uy

-->